Veterinariya sertifikati va Veterinariya guvohnomasi

- Veterinariya sertifikati – davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar epizootik jihatdan osoyishta bo’lgan hamda hayvonlarning o’ta xavfli yuqumli va karantin kasalliklardan sog’lom xududdan chiqarilganligi, hayvonotga munsub xom ashyo va mahsulotlar belgilangan tartibda veterinariya–sanitariya ekspertizasidan o’tganligi va importer davlatning veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi davlat veterinariya xizmati tomonidan barcha turdagi davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga beriladigan belgilangan namunadagi halqaro hujjat. (to’liqroq ma’lumot)
- Veterinariya guvohnomasi – davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlar epizootik jihatdan osoyishta bo’lgan hamda hayvonlarning o’ta xavfli yuqumli va karantin kasalliklardan sog’lom xududdan chiqarilganligi, hayvonotga munsub xom ashyo va mahsulotlar belgilangan tartibda veterinariya–sanitariya ekspertizasidan o’tganligi va veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalariga muvofiqligini tasdiqlovchi davlat veterinariya xizmati tomonidan barcha turdagi davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi tovarlarga beriladigan belgilangan namunadagi hujjat. (to’liqroq ma’lumot)
