BEDANACHILIK – PARRANDACHILIKNING MUHIM TARMOQLARIDAN BIRI

Ma’lumki, bugungi kunda bozorlarda parranda va parrandachilik mahsulotlariga bo‘lgan talab ortib bormoqda.  

Bu esa parranda mahsulotlari etishtirish xajmini oshirish, ayniqsa parrandachilikda tuyaqushchilik, bedanachilik kabi tarmoqlarni yanada rivojlantirishni taqozo etadi.  

Shu bois uy sharoitida parrandachilik bilan shug‘ullanib, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ayniqsa, parrandachilikning bedanachilik tarmog‘ini rivojlantirishga ham qiziqish ortib bormoqda.

“O‘zbekiston 24” radiokanalining “Agroolam” dasturida bedanachilikni rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan sa’y-harakatlar mavzusida suhbat olib borildi.

Unda “Parrandasanoat” uyushmasi boshqarma boshlig‘i Hakim Normuhammedov ishtirok etib, bedanachilikning foydali jihatlari, uni parvarishlash hamda bedana tuxumining o‘ziga xos xususiyatlari borasidagi fikr-mulohalari bilan o‘rtoqlashdi.

Shuningdek, suhbat davomida mutaxassis tomonidan bedana turlari, uning tuxum va go‘sht yo‘nalishidagi ahamiyati xususida zarur tavsiyalar berildi.

Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish
Davlat qo‘mitasi Axborot xizmati